Maktabgacha taʼlimda steam yondashuvi orqali bolalarning matematik kompetentligini rivojlantirish tizimi
- Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazi
Annotatsiya
Maktabgacha ta’lim jarayonida STEAM yondashuvi asosida bolalarning matematik kompetentligini rivojlantirish tizimining mazmuni, pedagogik imkoniyatlari va metodik asoslari yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda matematika, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik va san’at yo‘nalishlarini o‘zaro integratsiyalashning ahamiyati ochib berilgan. STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan amaliy, ijodiy va loyihaviy faoliyatlar orqali bolalarning son-sanoq, miqdor, shakl, o‘lcham, fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash, muammoni hal qilish hamda matematik tushunchalarni kundalik hayotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, matematik kompetentlikni rivojlantirishning maqsad, mazmun, metod, vosita va natijalarni o‘z ichiga olgan pedagogik tizimi taklif etilgan. Mazkur yondashuv maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, tadqiqotchilik faoliyati va matematik bilimlardan amaliy foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
Abstract
This article examines the content, pedagogical potential, and methodological foundations of a system for developing mathematical competence in preschool children through the STEAM approach. The study highlights the importance of integrating science, technology, engineering, arts, and mathematics in the process of developing mathematical concepts among preschool-aged children. It analyzes the potential of practical, creative, and project-based activities organized through the STEAM approach to develop children’s counting skills, understanding of quantity, shape, size, and space, as well as logical thinking, problem-solving abilities, and the capacity to apply mathematical knowledge in everyday life. The article also proposes a pedagogical system for developing mathematical competence that includes goals, content, methods, educational tools, and expected outcomes. The STEAM-based approach contributes to the development of independent thinking, creativity, research skills, and the practical application of mathematical knowledge among children in preschool educational organizations.
Keywords
- preschool education
- STEAM approach
- mathematical competence
- mathematical concepts
- integration
- creative thinking
- logical thinking
- project-based learning
- problem-based learning
- practical activities
- preschool-aged children
- mathematical skills
Iqtibos keltirish
Alijonova M. Maktabgacha taʼlimda steam yondashuvi orqali bolalarning matematik kompetentligini rivojlantirish tizimi // Sayhun ilmiy axborotnomasi. – 2026. – № 3. – B. 152–160. – URL: https://sayhun.gspi.uz/maqola/289
Alijonova M. (2026). Maktabgacha taʼlimda steam yondashuvi orqali bolalarning matematik kompetentligini rivojlantirish tizimi. Sayhun ilmiy axborotnomasi, (3), 152–160. https://sayhun.gspi.uz/maqola/289