Mualliflarga
Maqola yuborish
Maqolalar sayhunaxborotnomasi@mail.ru elektron pochtasi yoki Telegram'da @olmosbekhidirov manzili orqali yil davomida qabul qilinadi. Jurnal sonlari har kvartalda bir marta chop etiladi.
Maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Jurnal professor-o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talaba-yoshlarning ilmiy hamda uslubiy maqolalari uchun mo'ljallangan.
Maqolaga qo'yiladigan talablar
Maqola quyidagi aniq bandlarga ega bo'lishi lozim:
- Maqola mavzusi
- Maqola muallifi to'g'risida ma'lumot
- Maqola annotatsiyasi
- Kalit so'zlar
- Kirish
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
- Tadqiqot metodologiyasi
- Tahlil va natijalar
- Xulosa va takliflar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Maqola matni "Times New Roman" shriftida, lotin alifbosida, qatorlar oralig'i 1 intervalda bo'lishi lozim. Sahifaning barcha (o'ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan maydon qoldiriladi.
Maqolaning hajmi 7–10 bet, foydalanilgan adabiyotlar soni 6–10 manbadan iborat bo'lishi lozim.
Taqrizlash
Tahririyatga kelgan maqolalar soha mutaxassislari tomonidan ekspertizadan o'tkaziladi. Ekspertlar xulosasiga ko'ra ijobiy baholangan maqolalar jurnalda chop etiladi. Maqolalar kvartal oxirigacha qabul qilinadi.
Nashr to'lovi
Maqola chop etish narxi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarini tashkil etadi.
Maqolalar chop etilgach saytda hamma uchun bepul o'qiladi (ochiq kirish).