ISSN 2992-9164 (P) · E-ISSN 3030-3990 (E) sayhunaxborotnomasi@mail.ru+998 97 902 09 93
Sayhun ilmiy axborotnomasiGuliston davlat pedagogika instituti · ilmiy-uslubiy jurnal

Jurnal haqida

"Sayhun ilmiy axborotnomasi" ilmiy-uslubiy jurnali 2023-yil 9-martda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 078142-raqamli guvohnoma bilan ro'yxatdan o'tgan.

Jurnal Guliston davlat pedagogika institutiga tegishli bo'lib, har chorakda chop etiladi. Jurnalda ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari, bugungi kunning dolzarb muammolari, ta'limdagi innovatsiyalar, fan va texnikaga oid yangiliklar aks etgan ilmiy maqolalar chop etiladi.

OAK ro'yxatida

OAK Rayosatining 2024-yil 28-avgustdagi 360/5-son qarori bilan pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritilgan.

Ochiq kirish siyosati

Jurnal ochiq kirish (Open Access) tamoyili asosida ishlaydi: barcha maqolalar saytda bepul o'qiladi va yuklab olinadi. O'quvchidan to'lov yoki ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi.

Taqrizlash tartibi

Tahririyatga kelgan maqolalar soha mutaxassislari tomonidan ekspertizadan o'tkaziladi. Ekspertlar xulosasiga ko'ra ijobiy baholangan maqolalar jurnalda chop etiladi. Maqolalar kvartal oxirigacha qabul qilinadi.