ISSN 2992-9164 (P) · E-ISSN 3030-3990 (E) sayhunaxborotnomasi@mail.ru+998 97 902 09 93
Sayhun ilmiy axborotnomasiGuliston davlat pedagogika instituti · ilmiy-uslubiy jurnal

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ba’diiy-estetik tarbiyalashda sensor tarbiyaning o‘rni

  • Umarova Gulshod Abdujabbarovna
  • Narkuziyeva Nodira Zoirqul qizi
  1. Guliston davlat pedagogika instituti

Annotatsiya

Mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni ham muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki jamiyatimizga ilm-ma’rifatli, aql-u zakovatli, kreativ va odob-axloqli farzandlarni kamol toptirish, tarbiyalash eng avvalo ta’lim sohasida maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlanadi. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohatlarni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov ta’biri bilan aytganda “Mamlakatimizning istiqlol yilidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda”. Bizning oldimizga qo‘yilgan mazkur ezgu maqsadlar zamirida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar zimmasiga bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabga, o‘qishga va yozuvga tayyor darajada shakllantirib berishni talab etadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari bolalarni har tomonlama shakllantirish, ya’ni ularni badiiy-estetik tarbiyalash, bilish qobiliyatini muntazam rejali ravishda rivojlantirib borish, bilimlar tizimi bilan qurollantirishda albatta sensor tarbiyaga yuzlanadilar.

Kalit so'zlar

Abstract

The role of preschool education organizations in improving the quality and effectiveness of the education system in our country is also important. Because the development and upbringing of educated, intelligent, creative and moral children in our society begins first of all with preschool education organizations in the field of education. In the words of Islam Abdugyanevich Karimov, the first president of the Republic of Uzbekistan, the reforms that are being carried out in the field of education today are: Great importance has been attached to the goal of improvement, strengthening of its national soil, bringing it to the level of world standards and skills on the basis of harmonization with the requirements of the time. Under these noble goals set before us, educators working in preschool education organizations are required to form a healthy and mature personality of the child, ready for school, study and writing. Educators of pre-school education organizations are definitely focused on sensory education in the comprehensive formation of children, that is, their artistic and aesthetic education, regularly planned development of cognitive abilities, and arming them with a system of knowledge.

Keywords

  • Education
  • education
  • artistic and aesthetic education
  • intuition
  • perception
  • sensory education
  • sensory culture
  • sensory skills
  • sensory standards

Iqtibos keltirish

GOST

Umarova G. A., Narkuziyeva N. Z. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ba’diiy-estetik tarbiyalashda sensor tarbiyaning o‘rni // Sayhun ilmiy axborotnomasi. – 2024. – № 1. – B. 17–22. – URL: https://sayhun.gspi.uz/maqola/77

APA

Umarova G. A., Narkuziyeva N. Z. (2024). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni ba’diiy-estetik tarbiyalashda sensor tarbiyaning o‘rni. Sayhun ilmiy axborotnomasi, (1), 17–22. https://sayhun.gspi.uz/maqola/77