Boshlang‘ich sinfda ijodiy faoliyatga tayyorlash orqali o‘quvchilarning iqtidorini orttirish
- Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalashi va ular bilan olib boriladigan faoliyati muammolari yoritilgan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarning iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni tarbiyalash va rivojlantirishda hisobga olishi zarur bo‘lgan o‘quvchilarning qiziquvchanligi; doimo turli savollarga javob izlashlari; nutqi, tafakkuri, xotirasining tez rivojlanishi; erta yoshdanoq musiqa, rasm chizish, kitob o‘qish, yuqori darajadagi bilish faolligi va o‘quv faoliyati; masalalarning yechimini topishda maqsadga intiluvchanlik va originallik; tafakkurning unumdorliligi kabi xususiyatlari masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Muallif tomonidan maqolada iqtidorli o‘quvchilarni tanlash va ularning o‘quvbiluv faoliyatini tashkil etishning didaktik parametrlarini aniqlash, iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarida edvayzerlik faoliyatini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligini mustahkamlash, iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning fasilitatsion, antropologik, akmeologik modellarini takomillashtirish lozimligi ta’kidlandi. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashning samarali usullari va afzalliklari keltirilgan. Iqtidorli o‘quvchilarni tabiyalashda «STEAM – ta’lim» texnologiyasi, o‘quv jarayonini individuallashtirish hamda kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga tayyorlashni uch (moslashuvli-yo‘naltiruvchi, tayanch, kreativ-produktiv) bosqichda amalga oshirish lozimligi yoritilgan.
Kalit so'zlar
- uzluksiz ta’lim
- boshlang‘ich sinf
- ijodiy faoliyat
- iqtidor
- maktab
- iste’dod
- qobiliyat
- ixtisoslashtirilgan ta’lim
- o‘quvchilarda mustaqillik
- ijodiy tashabbuskorlik
- ijtimoiy mas’uliyat
- nutqi
- tafakkuri
- xotirasining tez rivojlanishi
- erta yoshdanoq musiqa
- rasm chizish
- kitob o‘qish
- matematikaga qiziqishi
- yuqori darajadagi bilish faolligi va o‘quv faoliyati
- masalalarning yechimini topishda maqsadga intiluvchanlik va originallik
- tafakkurning unumdorliligi
- edvayzerlik faoliyati
Iqtibos keltirish
Misirova N. T., Xusanova Z. X. Boshlang‘ich sinfda ijodiy faoliyatga tayyorlash orqali o‘quvchilarning iqtidorini orttirish // Sayhun ilmiy axborotnomasi. – 2024. – № 1. – B. 11–16. – URL: https://sayhun.gspi.uz/maqola/76
Misirova N. T., Xusanova Z. X. (2024). Boshlang‘ich sinfda ijodiy faoliyatga tayyorlash orqali o‘quvchilarning iqtidorini orttirish. Sayhun ilmiy axborotnomasi, (1), 11–16. https://sayhun.gspi.uz/maqola/76