Bo‘lajak biologlarning ilmiy matnni tushunish va interpretatsiya qilish ko‘nikmalarini TIMSS uslubiyati asosida rivojlantirish (pedagogik tajriba natijalari)
- Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak biologlarning ilmiy matnlar bilan ishlash, xususan, ma’lumotlarni tushunish, tahlil qilish va interpretatsiya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy metodologiyasi sifatida xalqaro TIMSS baholash tizimining ilmiy savodxonlikni o‘lchashga qaratilgan uslubiyatidan foydalanildi. Maqolada TIMSS yondashuvini biologiya ta’limiga integratsiya qilish bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov natijalari, tajriba va nazorat guruhlaridagi o‘zgarishlar dinamikasi qiyosiy tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, TIMSS uslubiyatiga asoslangan maxsus mashq va topshiriqlarning qo‘llanilishi talabalarning ilmiy matn mazmunini chuqur o‘zlashtirish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash va dalillarga asoslangan xulosalar chiqarish qobiliyatini sezilarli darajada oshirgan.
Kalit so'zlar
Abstract
This article examines the development of future biologists' skills in working with scientific texts, particularly in understanding, analyzing, and interpreting information. The primary research methodology is based on the TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) international assessment system, which is aimed at measuring scientific literacy. The article provides a comparative analysis of the results of a pedagogical experiment on integrating the TIMSS approach into biology education and analyzes the dynamics of changes in the experimental and control groups. The findings indicate that the use of special exercises and tasks based on the TIMSS methodology significantly enhances students' ability to deeply comprehend the content of scientific texts, identify cause-and-effect relationships, and draw evidence-based conclusions.
Keywords
- scientific literacy
- TIMSS methodology
- text comprehension
- interpretation skills
- biology education
- pedagogical experiment
- cognitive skills
- functional literacy
Iqtibos keltirish
Raupova M. H. Bo‘lajak biologlarning ilmiy matnni tushunish va interpretatsiya qilish ko‘nikmalarini TIMSS uslubiyati asosida rivojlantirish (pedagogik tajriba natijalari) // Sayhun ilmiy axborotnomasi. – 2025. – № 3. – B. 22–28. – URL: https://sayhun.gspi.uz/maqola/211
Raupova M. H. (2025). Bo‘lajak biologlarning ilmiy matnni tushunish va interpretatsiya qilish ko‘nikmalarini TIMSS uslubiyati asosida rivojlantirish (pedagogik tajriba natijalari). Sayhun ilmiy axborotnomasi, (3), 22–28. https://sayhun.gspi.uz/maqola/211