ISSN 2992-9164 (P) · E-ISSN 3030-3990 (E) sayhunaxborotnomasi@mail.ru+998 97 902 09 93
Sayhun ilmiy axborotnomasiGuliston davlat pedagogika instituti · ilmiy-uslubiy jurnal
Pedagogika fanlari

Ma’naviyatshunoslik fanining raqamli ta’limga integratsiyasi mazmuni, metodlari va vositalari

  • Yo‘ldoshev Sherzod Ravshan o‘g‘li
  1. Guliston davlat universiteti

Annotatsiya

Ushbu maqolada Ma’naviyatshunoslik fanini raqamli ta’limga integratsiyalash zarurati bugungi kunda dolzarb ilmiy-pedagogik muammo sifatida o‘rganiladi. An’anaviy ta’limdan raqamli muhitga o‘tishda mazkur fanning mazmuni, metodlari va didaktik vositalarini zamonaviy talablarga moslashtirish ehtiyoji asosiy ilmiy muammo sifatida belgilangan. Tadqiqotda tizimli yondashuv, pedagogik modellashtirish, tahlil-sintez, taqqoslash va amaliy kuzatish metodlaridan foydalanilgan. Raqamli ta’lim sharoitida ma’naviyatshunoslikni o‘qitishga doir o‘quv platformasi yaratish, multimediya va interaktiv vositalarni integratsiya qilish asosida samaradorlikni oshirishga erishilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv nazariy asoslanib, raqamli ta’limda ma’naviy tarbiyaning sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari ushbu yo‘nalishda o‘qituvchilar va ta’lim tashkilotlari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy ta’lim muhitida ma’naviy qadriyatlarni yetkazishning yangi usullarini taklif etadi.

Kalit so'zlar

Abstract

This article explores the integration of the science of spirituality into digital education as a pressing scientific and pedagogical issue of today. The core research problem is defined as the need to adapt the content, methods, and didactic tools of spirituality to modern requirements during the transition from traditional to digital learning environments. The study employs a systematic approach, pedagogical modeling, analysis and synthesis, comparative analysis, and practical observation methods. The research achieved improved effectiveness through the development of a digital learning platform for teaching spirituality, integrating multimedia and interactive tools. The author’s approach is theoretically grounded and aims to elevate spiritual education to a qualitatively new level within digital learning contexts. The findings hold practical significance for educators and educational institutions by offering innovative methods for conveying spiritual values in modern educational settings.

Keywords

  • digital education
  • spirituality
  • didactic model
  • integration
  • methodology
  • innovative technologies
  • digital platform
  • practical approach

Iqtibos keltirish

GOST

Yo‘ldoshev Sh. R. Ma’naviyatshunoslik fanining raqamli ta’limga integratsiyasi mazmuni, metodlari va vositalari // Sayhun ilmiy axborotnomasi. – 2025. – № 2. – B. 54–60. – URL: https://sayhun.gspi.uz/maqola/190

APA

Yo‘ldoshev Sh. R. (2025). Ma’naviyatshunoslik fanining raqamli ta’limga integratsiyasi mazmuni, metodlari va vositalari. Sayhun ilmiy axborotnomasi, (2), 54–60. https://sayhun.gspi.uz/maqola/190