Ta’lim islohotlarini amalga oshirishda kasb motivatsiyasini barvaqt aniqlashning ijtimoiy-psixologik mezonlari
- Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Maqolada talabalarning kasbga motivatsiyasini aniqlashning ijtimoiy-psixologik mezonlariga e’tibor qaratilgan. Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar talabalar kasb tanlovi bilan bog‘liq masalalarga e’tiborni talab qilmoqda. Shu bois, talabaning kasbga motivatsiyasini o‘rganish va uning rivojlanishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada kasb motivatsiyasiga ta’sir qiluvchi talabaning individualligi, oila, ta’lim muassasasi va jamiyat omillari tahlil qilingan. Ta’lim va tarbiya muassasalarida kasbiy motivatsiyaning rivojlanishini ta’minlash talabaga mos holda tashkil etiladigan ta’lim muhiti, o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan bog‘liqligi asoslangan. Olingan ma’lumotlar asosida kasb motivatsiyasini aniqlashning samarali mezonlari sifatida: talabaning qobiliyatlari, manfaatlari va qarashlari; ta’lim jarayonida uning ko‘rsatayotgan yutuqlari; ta’lim muassasasi tomonidan yaratiladigan imtiyozlar; oila a’zolari va otasi (onasining kasbi); ta’lim muassasasining joylashgan hududining iqtisodiy rivojlanish darajasi; ta’lim muassasasining texnikaviy jihatdan ta’minlanganligi; ta’lim muassasidan keyingi ta’lim va ish joyi imkoniyatlari kabi mezonlar belgilangan. Maqolaning natijalari ta’lim tizimini takomillashtirishda talabalar kasbga motivatsiyasini oshirish va o‘zgartirish imkoniyatlarini aniqlashda, ularning kasbiy tanlov bilan bog‘liq muammolarni hal etishda foydalanilishi mumkin.
Kalit so'zlar
Abstract
The article focuses on socio-psychological criteria for determining the motivation of students to the profession. The reforms implemented in the educational system require attention to the issues related to the choice of profession of students. Therefore, it is important to study the student’s motivation for the profession and ensure its development. The article analyzes the student’s individuality, family, educational institution and society factors that affect career motivation. Ensuring the development of professional motivation in educational and educational institutions is based on the connection with the educational environment organized according to the student and the personal qualities of the teacher. Based on the obtained information, as effective criteria for determining career motivation: student’s abilities, interests and views; his achievements in the educational process; benefits created by the educational institution; family members and father (mother’s profession); the level of economic development of the region where the educational institution is located; technical support of the educational institution; criteria such as post-secondary education and employment opportunities are defined. The results of the article can be used to improve the educational system, determine opportunities to increase and change students’ motivation to the profession, and solve problems related to their professional choice.
Keywords
- educational reforms
- motivation
- early identification
- sociopsychological criteria
Iqtibos keltirish
Tashmatova G. N. Ta’lim islohotlarini amalga oshirishda kasb motivatsiyasini barvaqt aniqlashning ijtimoiy-psixologik mezonlari // Sayhun ilmiy axborotnomasi. – 2023. – № 3. – B. 72–78. – URL: https://sayhun.gspi.uz/maqola/60
Tashmatova G. N. (2023). Ta’lim islohotlarini amalga oshirishda kasb motivatsiyasini barvaqt aniqlashning ijtimoiy-psixologik mezonlari. Sayhun ilmiy axborotnomasi, (3), 72–78. https://sayhun.gspi.uz/maqola/60